Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada “Yoshlik I” konida qo‘llanilayotgan SBSh-250 MNA-32 burg‘ilash dastgohlarining texnik va texnologik imkoniyatlari hamda tog‘ jinsi massivining fizik-mexanik xossalarining burg‘ilash jarayoniga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida tog‘ jinslarining qattiqlik koeffitsienti, siqilishga va siljishga bo‘lgan qarshilik ko‘rsatkichlari hamda burg‘ilash tezligi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Protodyakonov shkalasi asosida tog‘ jinslarining burg‘ilanish qiyinchilik darajasi aniqlanib, SBSh-250 MNA-32 dastgohining optimal ish rejimlari asoslab berildi. Tadqiqot natijalari burg‘ilash uskunalarining samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.</jats:p>
Show More
Keywords
burgilash
sbsh250
mna32
hamda
tadqiqot
PORE