Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada Qulcho‘loq konida polimetall (qo‘rg‘oshin–rux) ma’danlashuvining karbonat formatsiyalarida joylashish qonuniyatlari hamda prognoz resurslarini baholash tamoyillari yoritiladi. Ma’danlanish yuqori famen davri karbonat yotqiziqlarida va qisman quyi karbon davri ohaktoshlarida kuzatiladi. Ma’dan tanalari asosan brekchiyalangan, kvarslashgan va skarnlashgan dolomitlarda to‘plangan bo‘lib, ularning shakllanishi zaif zonalar bo‘ylab gidrotermal eritmalarning aylanishi bilan bog‘liq. Organik moddalar bilan boyitilgan dolomitlar metall eritmalardan qo‘rg‘oshin va rux sulfidlarini cho‘ktiruvchi muhim omil sifatida qaraladi. Shuningdek, sulfatli jinslarning mavjudligi ma’dan komponentlarining singenetik konsentratsiyasi uchun qulay sharoitlarni ko‘rsatadi. Olingan natijalar konning istiqbol bloklarini ajratish va prognoz resurslarini aniqlashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

karbonat prognoz resurslarini davri madan

Related Articles