Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Maqolada huquqiy jarayonlarda shaxs xulq-atvori va unga ta’sir etuvchi psixologik omillar yuridik psixologiya nuqtayi nazaridan kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida sud jarayonlarida ishtirok etuvchi shaxslar - jinoyatchilar, jabrlanuvchilar, guvohlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, yuridik psixologiyaning metodologik asoslari, jumladan, eksperimental tadqiqotlar, psixodiagnostik usullar, so‘rovnoma va kuzatuv metodlarining amaliy qo‘llanilishi yoritib beriladi. Maqolada inson xulq-atvorini baholashda psixologik omillarning roli, ularning huquqiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari, yuridik psixologiya fanining hozirgi bosqichdagi dolzarb muammolari, xususan, jinoyatchilik motivlarini chuqur anglash, sud-psixologik ekspertiza sifatini oshirish va huquqiy jarayonlarda psixologik yondashuvlarni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari yuridik psixologiya sohasida ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish va amaliy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

psixologik yuridik huquqiy psixologiya maqolada

Related Articles