Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada Saljuqiylar davlatining tashkil topishiga olib kelgan tarixiy shart-sharoitlar tahlil qilingan. Asosiy e’tibor XI asr boshlarida Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq hududlarida yuzaga kelgan siyosiy beqarorlik hamda markazlashgan davlatlarning zaiflashuviga qaratilgan. Shu jarayonda siyosiy maydonda yuzaga kelgan bo‘shliq yangi kuchlarning shakllanishi uchun qulay sharoit yaratgani ko‘rsatib berilgan.Maqolada o‘g‘uz turk qabilalarining ijtimoiy tuzilishi,tarixiy ildizlari, ularning harbiy kuchi va ko‘chmanchi hayot tarzi Saljuqiylar davlatining vujudga kelishida muhim omil bo‘lgani yoritilgan. Shuningdek, sulola asoschisi Saljuq ibn Taqoq faoliyati va uning avlodlari tomonidan olib borilgan siyosiy kurashlar tahlil qilingan. Alohida e’tibor sulola asoschilari Tog’rulbek va Chag’ribek Dovud faoliyati hamda, Dandanoqon jangiga qaratilib, ushbu jang natijasida Saljuqiylarning G‘aznaviylar ustidan g‘alaba qozonib, mustaqil davlat sifatida shakllanishi asoslab berilgan. Yakunda esa Saljuqiylar davlatining tashkil topishi ichki va tashqi omillarning o‘zaro bog‘liqligi natijasi ekanligi xulosa qilingan.</jats:p>