Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada diqqatning kognitiv rivojlanishdagi markaziy o'rni va ahamiyati keng qamrovli nazariy tahlil orqali yoritiladi. Jan Piajening kognitiv rivojlanish bosqichlari nazariyasi, L.S.Vigotskiyning yaqin rivojlanish zonasi konsepsiyasi, A. Baddeley va G. Hitchning ishchi xotira modeli, A. Diamondning ijroiy funktsiyalar tadqiqotlari va U. Neysserning kognitiv psixologiya yondashuvi diqqatning kognitiv rivojlanishdagi rolini turli nuqtai nazardan yoritish uchun qo'llaniladi. Diqqat va idrok, diqqat va xotira, diqqat va tafakkur, diqqat va nutq o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik empirik tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida (6–10 yosh) diqqatning kognitiv rivojlanishdagi roli va diqqat yetishmovchiligining kognitiv jarayonlarga ta'siri alohida ko'rib chiqiladi.</jats:p>