Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada klasterli yondashuv asosida talabalarda induktiv va deduktiv fikrlashni rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik imkoniyatlari hamda samarali texnologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta’limda bilimni oddiy o‘zlashtirishdan ko‘ra uni tahlil qilish, umumlashtirish, qo‘llash va yangi g‘oya yaratish kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy yondashuv, kontent tahlili, pedagogik modellashtirish va tizimlashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijada klasterli yondashuvning induktiv va deduktiv fikrlashni bosqichma-bosqich rivojlantiruvchi to‘rt bosqichli texnologik modeli ishlab chiqildi: motivatsiya, tahlil, umumlashtirish va refleksiya. Shuningdek, klaster metodini “aqliy hujum”, Venn diagrammasi, reflektiv yozuvlar va mind-map texnologiyalari bilan integratsiya qilish talabalarning mantiqiy izchillikda fikrlashi, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlashi, umumiy va xususiy xulosalarni uyg‘unlashtira olishi hamda ijodiy tafakkurini faollashtirishi asoslandi. Xulosa qilinishicha, klasterli yondashuv ta’lim jarayonida reproduktiv o‘qitishdan produktiv, analitik va refleksiv o‘qitishga o‘tishni таъминлайди hamда mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi.</jats:p>

Show More

Keywords

klasterli yondashuv tahlil induktiv deduktiv

Related Articles