Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy pedagogik faoliyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Raqamli ta’lim muhiti, onlayn platformalar, multimedia vositalari va interaktiv dasturlar talabalarda kommunikativ, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda ishlash, mas’uliyat va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi muhim omil sifatida qaraladi. Axborot texnologiyalari yordamida tashkil etilgan pedagogik jarayon bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-psixologik faoliyatini faollashtirib, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiradi hamda ijtimoiy pedagogik vaziyatlarga mos ravishda samarali yechim topishga yo‘naltiradi.</jats:p>