Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada muloqot xulqi ingliz va o‘zbek tillariga xos lingvopragmatik, sotsiolingvistik va lingvomadaniy tushuncha sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda salomlashish, murojaat qilish, iltimos bildirish, rad javobi berish, uzr so‘rash, minnatdorchilik ifodalash, suhbatni boshlash va yakunlash kabi nutqiy harakatlarning ingliz hamda o‘zbek kommunikativ madaniyatida namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritiladi. Muloqot xulqi oddiy nutqiy formulalar yig‘indisi emas, balki ijtimoiy maqom, yosh, jins, kommunikativ masofa, hurmat, shaxsiy hudud, andisha, bevositalik va bilvositalik kabi omillar bilan belgilanadigan murakkab kommunikativ tizim sifatida talqin qilinadi</jats:p>
Show More
Keywords
kommunikativ
muloqot
xulqi
ingliz
ozbek