Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada O‘zbekiston GTL zavodining ATR (Autothermal Reforming) qurilmasida tabiiy gaz (metan) sarfining o‘zgarishi natijasida sintez-gaz tarkibi, xususan H₂/CO nisbatining o‘zgarishi va uning Fischer–Tropsch sintezi mahsulotlari selektivligiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida metan sarfining turli darajalarda kamayishi sharoitida sintez-gaz tarkibidagi CO, H₂ va CO₂ komponentlarining o‘zgarish qonuniyatlari nazariy hisob-kitoblar hamda ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Jarayon parametrlarining o‘zaro bog‘liqligi Python dasturlash muhiti yordamida modellashtirildi. Fischer–Tropsch jarayonida hosil bo‘lgan sintetik wax mahsulotlarining tarkibi Simulated Distillation (SimDist ASTM D7169) usuli yordamida gaz xromatografik tahlili orqali baholandi. Tahlil natijalari tabiiy gaz ta’minotidagi beqarorlik H₂/CO nisbatining ortishiga olib kelishi, natijada og‘ir parafinlar (C₂₀–C₈₀) hosildorligining kamayishi hamda yengil uglevodorodlar va kislorodli birikmalar ulushining ortishini ko‘rsatdi. Aksincha, metan oqimi barqaror va H₂/CO nisbati 1,97 atrofida saqlangan sharoitda yuqori molekulali wax fraksiyalari hosil bo‘lishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari GTL texnologiyasida sintez-gaz tarkibini doimiy nazorat qilish va metan–oksidlovchi nisbatini optimallashtirish Fischer–Tropsch mahsulotlari selektivligini boshqarish hamda yuqori sifatli sintetik mum ishlab chiqarishning muhim omili ekanligini ko‘rsatdi.</jats:p>

Show More

Keywords

metan sintezgaz h₂co fischertropsch hamda

Related Articles

PORE

About

Connect