Abstract
<jats:p>Ushbu tadqiqotda alyuminiyga boy sanoat chiqindisi – RKA-02 namunasi asosida alyuminiyni selektiv ajratib olish va yuqori tozalikdagi alyuminiy oksidi Al₂O₃ olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqildi. Rentgen-fluoressent (XRF) tahlil natijalariga ko‘ra, namunada alyuminiy asosiy komponent bo‘lib, uning oksid shaklidagi miqdori 68,0 mass.% ni tashkil etishi aniqlandi. Shuningdek, chiqindida katta miqdorda kaliy (K₂O ≈ 30,4 mass.%), hamda kam miqdorda temir, rux, nikel va boshqa metall aralashmalari mavjudligi kuzatildi. Tadqiqotda gidrometallurgik yondashuv asosida ishqoriy eritish usuli qo‘llanildi. Tajriba natijalari 4 molyarli li NaOH eritmasida 90°C haroratda 3 soat davomida olib borilgan eritish jarayoni alyuminiyni natriy aluminat shaklida eritmaga maksimal o‘tkazishini ko‘rsatdi. Dastlabki bosqichda suv bilan yuvish orqali kaliy tuzlarini ajratish jarayon samaradorligini oshirdi. Eritmani qo‘shimcha tozalash bosqichlarida silikatlar Ca(OH)₂ yordamida, og‘ir metall ionlari esa Na₂S yordamida samarali ajratildi. Alyuminiy eritmadan karbonatlash usuli orqali pH 8,5–9,0 oralig‘ida Al(OH)₃ shaklida cho‘ktirildi. Olingan gidroksidning keyingi quritish va 1000°C haroratda kalsinatsiya qilinishi natijasida yuqori tozalikdagi Al₂O₃ olindi. Taklif etilgan usul yuqori selektivligi, texnologik soddaligi va samaradorligi bilan tavsiflanadi hamda alyuminiy saqlovchi sanoat chiqindilarini qayta ishlashda istiqbolli hisoblanadi.</jats:p>