Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada maktab rahbarlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlashda mustaqil ta’lim mexanizmlarini joriy etish zarurati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tahlili asosida rahbar kadrlarning professional rivojlanishi uzluksiz, tizimli va natijador jarayon sifatida tashkil etilishi lozimligi yoritiladi. Amaldagi malaka oshirish tizimining asosan davriy kurs modeli bilan cheklanib qolayotgani va bu holat uzluksizlik tamoyiliga zid ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida rahbarlarning kasbiy rivojlanishida reflektiv yondashuv, faoliyatga integratsiyalashgan o‘rganish hamda individual ta’lim trayektoriyalarining ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijasida mustaqil ta’lim mexanizmlarini joriy etish orqali maktab rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari va samarali yo‘nalishlari taklif etiladi.</jats:p>