Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu ilmiy maqola boshlang‘ich sinflarda kombinatorika elementlarini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini yoritib beradi. Tadqiqotda L. S. Vygotskiyning yaqin rivojlanish zonasi nazariyasi, A. N. Leontyevning faoliyat nazariyasi hamda zamonaviy neuropsixologiya yutuqlari asosida yangi pedagogik yondashuv ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan taklif etilgan kombinatorik modellashtirish metodikasi o‘quvchilarning konkret amaliydan boshlab abstrakt fikrlashgacha bosqichma-bosiq o‘tishini ta’minlaydi. Metodikaning samaradorligi eksperimental tekshiruv orqali isbotlangan bo‘lib, tajriba guruhida kombinatorik fikrlash ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan uch barobar yuqori natijalar ko‘rsatgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, taklif etilgan metodika o‘quvchilarning matematik kompetensiyasini, mantiqiy fikrlashini va faniga qiziqishini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Maqola boshlang‘ich matematika ta’limining mazmunini boyitish, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini oshirish va milliy ta’lim standartlarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.</jats:p>

Show More

Keywords

maqola boshlangich nazariyasi taklif etilgan

Related Articles