Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitishda barqaror rivojlanish g‘oyalarini shakllantirishda STEAM (Science - fan, Technology - texnologiya, Engineering - muhandislik, Art - sa’nat, Mathematics - matematika) yondashuvining pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, “Tabiiy fanlar” darsligida “Gulli o‘simliklarning moslanishlari” mavzusini o‘rganish STEAM loyiha faoliyati misolida qarab chiqilgan. Loyiha ishida uning har bir bosqichi bo‘yicha o‘quvchilarga aniq topshiriqlar belgilangan bo‘lib, o‘quvchilarning tabiiy fanlardan egallagan nazariy bilimlarini amalda qo‘llashlariga sharoit yaratish va nazorat qilishning pedagogik texnologiyalari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, maqolada STEAM loyiha vositasida o‘quvchilarda ekologik tafakkur, muammoli vaziyatlarni hal qilish kompetensiyasini shakllantirsh va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini rivojlantirish metodikasi ham muhokama qilinadi.</jats:p>

Show More

Keywords

tabiiy steam loyiha maqolada barqaror

Related Articles