Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti, axborot sivilizatsiyasi, globallashuv va mehnat bozoridagi raqobat ta’lim tizimiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Ushbu sharoitda kattalar ta’limi va uzluksiz ta’lim konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada kattalarning qo‘shimcha ta’limi tizimida pedagoglar tayyorlash jarayonini integratsion jarayonlar asosida tashkil etish masalalari o‘rganilgan. Maqolada sistemali, faoliyat, shaxsiy, madaniyatshunoslik, integrativ, polisubyekt, kompetentlik va andragogik yondashuvlar asosida tadqiqot olib borilgan. Integratsion jarayonlarning mohiyati, ularning ta’lim mazmuni, metodlari va texnologiyalariga ta’siri tahlil qilingan. Pedagoglar tayyorlash konsepsiyasi va modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, u maqsad, mazmun, jarayon va natija bloklaridan iborat. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, integrativ yondashuv asosida tayyorlash jarayonini tashkil etish pedagoglarning professional kompetensiyalarini samarali shakllantiradi, ularning innovatsion fikrlash va mustaqil ta’lim olish qobiliyatini oshiradi. Ishlab chiqilgan konsepsiya va model kattalar ta’limi tizimini takomillashtirishda ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.</jats:p>

Show More

Keywords

talim talimi tayyorlash asosida kattalar

Related Articles