Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada uzluksiz kasbiy rivojlanish (UKR) tizimining zamonaviy holati, uning asosiy muammolari hamda ushbu muammolarni bartaraf etishda mentoring va kouching modellari integratsiyasining ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Zamonaviy tashkilotlarda xodimlarning kasbiy rivojlanishi bir martalik treninglar bilan cheklanib qolmay, balki uzluksiz, tizimli va amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mentoring va kouchingni integratsiyalashgan holda qo‘llash, ularni bir-birini to‘ldiruvchi yondashuvlar sifatida tizimga joylashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlanishning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada ushbu ikki yondashuvning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishidagi farqlar, integratsiya jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari tizimli ravishda yoritilgan. Tadqiqot davomida milliy va xalqaro ilmiy manbalar o‘rganilib, ilmiy hissa sifatida UKR tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan integratsiyalashgan amaliy model taklif etiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

uzluksiz kasbiy ilmiy maqolada tizimining

Related Articles