Abstract
<jats:p>Maqolada takomillashtirilgan elektr saralagich qurilmasining ish organi yuzasida chigit harakati dinamikasi va uning uzilish parametrlarini nazariy tadqiq etish natijalari keltirilgan. Tadqiqotda urug‘larga ta’sir etuvchi elektr maydon, og‘irlik, markazdan qochma va ishqalanish kuchlari tahlil qilinib, harakatning differensial tenglamalari tuzilgan. Nazariy tahlillar asosida turli massali chigitlarning ishchi yuzadagi sirpanish, birga harakatlanish va uzilish burchaklari aniqlangan. Olingan natijalar urug‘lik chigitni massasi bo‘yicha aniq fraksiyalarga ajratish va saralash jarayonining samaradorligini oshirish imkonini beradi.</jats:p>
Show More
Keywords
elektr
uzilish
nazariy
maqolada
takomillashtirilgan