Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada Xorazm viloyati sanoat korxonalarida ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillarini joriy etish orqali mintaqa moliya bozori barqarorligini ta'minlash istiqbollari tadqiq etilgan. Tadqiqotda O'zbekiston moliya bozorining hozirgi holati, sanoat korxonalarining moliyaviy samaradorligi va barqaror rivojlanish o'rtasidagi bog'liqlik tahlil qilingan. "O'zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida ESG mezonlarini mintaqa darajasida qo'llashning amaliy usullari va bu boradagi xorijiy tajribalar o'rganilgan. Maqola natijalari Xorazm viloyatida sanoat korxonalarining ESG standartlariga muvofiq faoliyat yuritishi mintaqa moliya bozorini barqarorlashtirishning muhim omili ekanligini ko'rsatadi.</jats:p>
Show More
Keywords
sanoat
mintaqa
moliya
xorazm
ozbekiston