Abstract
<jats:p>Tadqiqotda sun'iy intellekt va kraudfanding platformalar orqali tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish hamda aholi bandligini ta`minlash masalalari o'rganiladi. Sun'iy intellektni iqtisodiyotning barcha sohalarida biznes jarayonlarini modernizatsiya qilish, yangi zamonaviy ish o`rinlari shakllari hisobiga bandlikni ta`minlash, kraudfanding platformalar orqali moliyalashtirishni tashkil qilish hamda tadbirkorlik loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi. Mualliflar sun'iy intellektning bir qator iqtisodiy muammolarni, jumladan kraudfanding platformalar orqali pul mablag`larini jalb qilishda yuqori ijobiy salohiyatini aniqladilar. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, tadbirkorlikni moliyalashtirish jarayonida sun'iy intellektdan foydalanish kapitalga bo'lgan talabni qondirish imkoniyatini oshiradi va natijada aholi bandligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar poydo bo`ladi, iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini jadallashtiradi, tadbirkorlik rivojlanishi hamda boshqa jihatlar kuzatilgan.</jats:p>