Abstract
<jats:p>Mazkur tezisda ijara operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirishning nazariy va amaliy jihatlari hamda uning iqtisodiy tizimdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ijara munosabatlarining shaffof va aniq hisobga olinishi aholi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solishda muhim omil bo‘lishi tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida ijara operatsiyalarini hisobga olish tizimini takomillashtirish orqali aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish hamda iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayonida moliyaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ijara operatsiyalarining buxgalteriya hisobida to‘g‘ri yuritilishi iqtisodiy shaffoflikni ta’minlash va moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.</jats:p>