Abstract
<jats:p>Mazkur tezisda O‘zbekiston – 2030 strategiyasi doirasida O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirishning dolzarb masalalari hamda uni ESG tamoyillari asosida takomillashtirish istiqbollari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy moliya bozorining hozirgi holati, institutsional va infratuzilmaviy muammolari, shuningdek barqaror moliya instrumentlarini rivojlantirish zarurati ko‘rib chiqiladi. ESG standartlarini joriy etish orqali moliya bozorida oshkoralik, korporativ boshqaruv sifati va investorlar ishonchini oshirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Shuningdek, ushbu tamoyillarning joriy etilishi O‘zbekistonning xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishi hamda global moliya tizimiga integratsiyalashuv jarayonini jadallashtirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Tadqiqot yakunida moliya bozorini barqaror rivojlantirish, yashil moliya instrumentlarini kengaytirish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.</jats:p>