Abstract
<jats:p>Kirish. Allergik rinit va bronxial astma bolalar orasida keng tarqalgan, o‘zaro patogenetik jihatdan bog‘liq bo‘lgan allergik kasalliklar qatoriga kiradi. Ushbu kasalliklarning komorbid kechishi klinik simptomlarning og‘irroq namoyon bo‘lishiga, kasallik nazoratining qiyinlashishiga va bemorlar hayot sifati pasayishiga olib kelishi mumkin. Tadqiqotning maqsadi bolalarda allergik rinitning bronxial astma bilan komorbid kechgan holatlarida klinik belgilarning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Materiallar va tadqiqot usullari. Tadqiqot Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bolalar allergologiya bo‘limida o‘tkazildi. Tekshiruvdagi bemorlarning yoshi 7 - 18, o‘rtacha yoshi esa 10,1 ± 0,31 tashkil etdi. 1-guruxda allergik rinitning bronxial astma bilan komorbid kechgan n=100 nafar bemor bolalar, 2-guruxda allergik rinit bilan og‘rigan n=50 nafar, shundan 2a - intermittirlovchi AR (IAR) (n=24) va 2b- persistirlovchi AR (PAR) (n=26) guruxchalarga bo‘lindi. Tadqiqotda allergik rinit va bronxial astma bilan kasallangan bolalarda asosiy klinik simptomlar, ularning uchrash chastotasi, namoyon bo‘lish darajasi va o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilindi. Natijalar va ularning muhokamasi: Burun bitishi 1-guruhdagi AR bilan BA birgalikda kechgan bemorlarda - 72 (72%) ta, intermittirlovchi AR (IAR) bilan 2 a guruhchada - 15 nafar (62,5%), persistirlovchi AR (PAR) bilan 2 b guruhchada - 17 (65,3%) ta bemorlarda aniqlandi (p<0,001). Rinoreya 1 guruhda 59 (59%) va 2 a guruxchadagi IAR li 12 (50%) ta bemorlarda doimiy ya’ni kunduzi va kechasi (4 ball) kuzatiladigan rinoreya ko‘p uchradi (r<0,01). 2 b -guruhchada PAR bilan og‘rigan bolalarning 15 (57,6%) nafar bemorlarda kam kuzatiladigan rinoreya (2 ball) ko‘proq kuzatildi (r<0,01). Aksirish AR+BA bo‘lgan 43% bemorlarda o‘rtacha darajada va 39% hollarda sezilarli darajada aksirish kasallik bilan birga kechgan, intensivligi PAR guruhchasiga to‘g‘ri keladi, bu nafas a’zolarining allergik sezgirlikning kuchayishi yallig‘lanish jarayonining mavjudligi bilan ham bog‘liq deb izohlandi. Hulosalar: Olingan natijalar allergik rinit va bronxial astmaning birga kechishi bolalarda kasallikning klinik manzarasini og‘irlashtirishini va bunday bemorlarda erta tashxis hamda kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.</jats:p>