Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Kirish. Adabiyotlar ma’lumotlariga ko‘ra, gemorragik vaskulit (Henoch–Schonlein purpurasi) bolalarda eng ko‘p uchraydigan sistemali vaskulitlardan biri bo‘lib, so’nggi yillarda kasallik nafaqat maktabgacha va kichik maktab yoshida balki o’smir bolalarda ham ko’payib bormoqda va ko‘pincha respirator infeksiyalar, allergik holatlar va immun tizimidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda rivojlanmoqda. Tadqiqot maqsadi -bolalarda gemorragik vaskulit (Henoch–Schonlein purpurasi) kechishining zamonaviy klinik-epidemiologik xususiyatlarini o‘rganish. Material va usullar. Bolalardagi gemorragik vaskulitga (Henoch–Schonlein purpurasi)  bagishlangan so’nggi o’n yillikda chop etilgan ilmiy adabiyot ma’lumotlari retrospektiv tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar yillar bo’yicha matematik  tekshirildi va taqqoslandi.  Natijalar va  muxokama. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kasallik patogenezida immun komplekslar hosil bo‘lishi, tomir devorlarining yallig‘lanishi hamda mikrotsirkulyatsiya buzilishlari muhim o‘rin tutadi. Klinik manzarasida teri gemorragik toshmalari, bo‘g‘im, qorin sindromlari, buyrak shikastlanishi va aralash simptomlar yetakchi o’rin tutmoqda. Shuningdek, kasallikning kechishi individual xususiyatlarga ega bo‘lib, uning og‘irlik darajasi asosiy klinik simptomlari va asoratlar rivojlanishi bilan belgilanmoqda. Xulosa. Tadqiqot natijasida olingan ilmiy ma’lumotlar gemorragik vaskulitni erta aniqlash, xavf omillarini baholash  hamda kasallik kechishini prognoz qilishda zamonaviy klinik-epidemiologik xususiyatlarni chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.</jats:p>

Show More

Keywords

gemorragik henochschonlein bolalarda kasallik tadqiqot

Related Articles