Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida o‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitishda psixodidaktik yondashuvning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali o‘qitish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqotda psixologik va didaktik omillarning integratsiyasi asosida o‘qitish samaradorligini oshirish masalasi yoritilgan. Metodologiya sifatida ilmiy adabiyotlar tahlili, kuzatish, so‘rovnoma va psixologik diagnostika usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interfaol metodlar o‘quvchilarning kognitiv faolligini, motivatsiyasini va emotsional holatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqot davomida psixodidaktikaning asosiy komponentlari — kognitiv, motivatsion, emotsional va ijtimoiy omillar aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslandi. Shuningdek, interfaol metodlarning didaktik samaradorligi, xususan, bilimlarning chuqur o‘zlashtirilishi va uzoq muddatli xotirada saqlanishiga ta’siri isbotlandi. Tadqiqot natijasida interfaol ta’limning psixodidaktik modeli ishlab chiqildi. Xulosa sifatida psixodidaktik yondashuvni ta’lim jarayoniga joriy etish o‘quv samaradorligini oshiruvchi muhim omil ekanligi asoslab berildi.</jats:p>