Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga doir xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari Finlandiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ukraina, Rossiya va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar, modellar va metodikalar yoritilgan. Xususan, action research, exploratory practice, exploratory action research, reflective self-study, reflective practice, lesson study, collaborative school-based action research hamda Capstone Project kabi yondashuvlarning bo‘lajak o‘qituvchilarda reflektiv fikrlash, tahliliy yondashuv, kasbiy o‘zlikni anglash va ilmiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida mentorlik, maktab amaliyoti, ilmiy rahbarlik, mustaqil izlanish va ilmiy muloqot muhim omil sifatida talqin etilgan. O‘rganilgan xorijiy yondashuvlar bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishda kompleks, o‘zaro integratsiyalashgan hamda bir-birini boyituvchi metodik asos sifatida namoyon bo‘ldi.</jats:p>