Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqola O‘zbekistonda media axborot tizimlarining ta’lim sohasiga ko‘rsatayotgan ijtimoiy va madaniy ta’sirining ijtimoiy-falsafiy tahliliga bag‘ishlangan. Rivojlanayotgan media makonida axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi roli, shaxs va jamiyat ongiga ko‘rsatadigan ta’siri hamda madaniy qadriyatlarning shakllanishidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda media axborot tizimlarining ta’lim jarayonidagi metodologik yondashuvlarga, ilmiy-uslubiy izlanishlarga va o‘quvchi shaxsining intellektual va ma’naviy rivojlanishiga ko‘rsatadigan falsafiy mazmundagi ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanishi natijasida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida shakllanayotgan yangi muloqot usullari, global madaniyat bilan integratsiya jarayonining ijtimoiy-estetik va gnoseologik jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu izlanish O‘zbekiston ta’lim tizimining zamonaviy taraqqiyoti, milliy-madaniy merosni asrab-avaylash va uni yangi media vositalari orqali kelajak avlodga yetkazishning falsafiy asoslarini ochib beruvchi muhim manba sifatida qaraladi.</jats:p>

Show More

Keywords

media axborot talim tizimlarining madaniy

Related Articles