Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada Turkistonda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidchilik harakati vakillarining milliy tarbiya va axloqiy ideallar transformatsiyasiga oid qarashlari falsafiy-etik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va Munavvar Qori kabi mutafakkirlarning asarlarida an’anaviy islomiy etika hamda zamonaviy ma’rifatparvarlik g‘oyalarining sintezi o‘rganilgan. Maqolada jadidlar tomonidan axloqiy tushunchalarning shaxsiy kamolot doirasidan ijtimoiy mas’uliyat va milliy taraqqiyot darajasiga ko‘tarilgani asoslab beriladi. Shuningdek, jadid ma’rifatparvarlarining axloqiy merosi bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlar va yoshlar tarbiyasi kontekstida metodologik manba sifatida baholangan. Olingan xulosalar milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy yangilanish jarayonlarida jadidlar etikasi muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.</jats:p>