Abstract
<jats:p>Boshlang‘ich sinflarda ta’lim samaradorligini oshirish zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifalaridan biridir. Ushbu maqola ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali o‘quvchilarning bilim olish motivatsiyasini va o‘zlashtirish sifatini yaxshilashga qaratilgan. Unda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va loyiha asosidagi ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyalarni samarali qo‘llash ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va mazmunli qilib, o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Maqola boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy texnologiyalarning muhim ahamiyatini asoslaydi.</jats:p>