Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada yuqori sinf o‘quvchilarida yozuv kompetensiyasini takomillashtirishning amaliy-uslubiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yozuvni o‘qitishda jarayonli yondashuvning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Nazariy tahlil va empirik kuzatishlar asosida yozuv kompetensiyasini rivojlantirishda bosqichma-bosqich yondashuvning samaradorligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yozuv jarayonini rejalashtirish, qayta ko‘rib chiqish va tahrirlash bosqichlari o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini, yozma nutqining izchilligini hamda grammatik savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur yondashuv o‘quvchilarning mustaqil ishlash va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Maqolada yozuv kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan amaliy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.</jats:p>