Abstract
<jats:p>Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi Qonuni 9-moddasiga kiritilishi lozim bo‘lgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqot davomida zo‘ravonlik qurbonlari, mehnat migrantlari, yetim bolalar, mahkumlar va keksa yoshdagi shaxslarning yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish zarurati asoslab berilgan. Maqolada Ispaniya, Fransiya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlar tajribasi, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (ECHR) va BMT standartlari qiyosiy o‘rganilgan. Muallif tomonidan ijtimoiy zaif qatlamlarni byurokratik to‘siqlarsiz himoya qilish va nodavlat notijorat tashkilotlariga yuridik ko‘mak berishning huquqiy mexanizmlari taklif etilgan.</jats:p>