Abstract
<jats:p>Maqolada maʼmuriy-huquqiy nizo va ommaviy-huquqiy nizolar tushunchalarining oʻzaro nisbati, ularni farqlash mezonlari hamda maʼmuriy adliya tizimidagi nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ommaviy-huquqiy nizolarning huquqiy tabiati ishtirokchilarning huquqiy jihatdan teng emasligi, nizoning ommaviy manfaat bilan bogʻliqligi, shuningdek davlat hokimiyati vakolatlariga ega subyektning majburiy ishtiroki orqali asoslanadi. Maʼmuriy-huquqiy nizolar esa ommaviy-huquqiy nizolarning alohida turi sifatida, nizo mazmunini tashkil etuvchi masalaning maʼmuriy huquqqa mansubligi hamda nizoni keltirib chiqaradigan huquqiy fakt (maʼmuriy akt, harakat/harakatsizlik) bilan belgilanishi koʻrsatiladi. Maqolada maʼmuriy adliya tushunchasi doirasida sud nazoratining oʻrni, davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlar va ulardan kelib chiqadigan nizolarning huquqiy tabiatiga oid ilmiy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi.</jats:p>