Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida Qonunda qoʻllanilgan “maʼmuriy hujjat” tushunchasining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinib, uning oʻrniga “maʼmuriy akt” terminini qoʻllash masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda amaldagi qonunchilik asosida maʼmuriy hujjat nafaqat yozma shakldagi qaror, balki ogʻzaki, belgili va boshqa tashqi ifodadagi huquqiy taʼsir choralarini ham qamrab olishi yoritiladi. Shuningdek, Germaniya, Shveysariya va Fransiya huquq tizimlari tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan oʻrganilib, “maʼmuriy akt” tushunchasining kengroq va universal xususiyatga ega ekani asoslab beriladi. Natijada maʼmuriy aktning asosiy belgilari tahlil qilinib, muallif tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar ilgari suriladi.</jats:p>