Abstract
<jats:p>Mazkur tadqiqot jinoyat protsessida isbot qilish institutining nazariy va amaliy jihatlarini kompleks tahlil qilishga bagʻishlangan. Unda isbot qilish jarayonining mazmuni, tuzilishi va bosqichlari, shuningdek, dalillarni toʻplash, mustahkamlash, tekshirish va baholash faoliyatining protsessual-huquqiy tabiatiga ilmiy yondashuv asosida baho beriladi. Ishda sudga qadar ish yuritish va sud bosqichlarida isbot qilishning oʻziga xos xususiyatlari, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergovning isbot qilish tizimidagi oʻrni yoritiladi. Shu bilan birga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash masalasi isbot qilishning muhim kafolati sifatida asoslanib, dalil manbalarining daxlsizligi, koʻrsatmalarning erkinligi va dalillarning ishonchliligini taʼminlash bilan bogʻliq muammolar huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari isbot qilish jarayonining adolatli sudlovni taʼminlashdagi oʻrni va ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.</jats:p>