Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada surishtiruv va tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Prokuror nazoratining nazariy-huquqiy asoslari, uning mazmuni va ahamiyati yoritilib, surishtiruv hamda tergov organlarining huquqiy maqomi va faoliyatining o‘ziga xos jihatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu organlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda prokuror nazoratining tutgan o‘rni, uning asosiy vazifalari va amalga oshirish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot natijalari surishtiruv va tergov organlari faoliyatida qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda prokuror nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.</jats:p>