Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida gender tengligini taʼminlash yoʻlida amalgaoshirilayotgan islohotlar, ularning huquqiy asoslari va amaliy natijalari yoritilgan. Maqolada “Xotin-qizlar vaerkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun, “Ayollarni tazyiq vazoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Oila kodeksi normalari asosida gender siyosatiningmazmuni tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda ayollar va erkaklar uchun tengimkoniyatlarni yaratish, davlat boshqaruvi tizimida gender yondashuvni tatbiq etish boʻyicha qabul qilinayotganchora-tadbirlar tahlil etilgan. Ayollarning siyosiy faolligini oshirish, rahbarlik lavozimlarida ularning ulushinikoʻpaytirish, oilaviy munosabatlarda tenglikni taʼminlash, gender stereotiplarni kamaytirish kabi masalalar ilmiynazariyva amaliy jihatdan asoslab berilgan. Xulosa oʻrnida, gender tengligi mamlakatda nafaqat huquqiy, balkimaʼnaviy-axloqiy qadriyat sifatida qaralib, jamiyatning barqaror rivojlanishi va “Yangi Oʻzbekiston” gʻoyalariniroʻyobga chiqarishda muhim omil ekani taʼkidlanadi.</jats:p>