Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada mediatsiya institutini takomillashtirishda sunʼiy intellekt texnologiyalaridanfoydalanish imkoniyatlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Muallif mediatsiyaning mazmun-mohiyati, tarixi,huquqiy tabiati, xorijiy tajribasi hamda Oʻzbekiston Respublikasida uning normativ-huquqiy asoslarini yoritgan.Shuningdek, mamlakatimizda mediatsiya instituti amaliyotida uchrayotgan asosiy muammolar, jumladan aholioʻrtasida xabardorlik darajasining pastligi, malakali mediatorlar yetishmasligi, nodavlat mediatsiyamarkazlarining moliyaviy barqarorligi sustligi, sudlar va mediatorlar oʻrtasida koordinatsiyaning yetarli emasligihamda mediatsiyaning psixologik qabul qilinishi bilan bogʻliq toʻsiqlar tahlil qilingan. Maqolada mazkurmuammolarni hal etishda sunʼiy intellektga asoslangan interaktiv platformalar, chatbotlar, onlayn taʼlim tizimlari,virtual simulyatsiyalar, avtomatlashtirilgan tahlil va prognozlash vositalari, axborot almashinuv platformalari kabizamonaviy yechimlardan foydalanish asoslab berilgan. Xulosa sifatida, sunʼiy intellekt texnologiyalarinimediatsiya sohasiga joriy etish nizolarni sudgacha hal qilish samaradorligini oshirish, sudlar yuklamasinikamaytirish, mediatorlar faoliyati sifatini yaxshilash va jamiyatda murosa madaniyatini rivojlantirishga xizmatqilishi taʼkidlangan.</jats:p>