Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu annotatsiyada sukukning nazariy poydevori, uning tarixiy shakllanish manbalari hamdazamonaviy kapital bozoridagi oʻrni tahlil qilinadi. Tadqiqotda sukuk islom moliyasi tizimining muhim moliyaviyinstrumenti sifatida koʻrib chiqilib, uning anʼanaviy obligatsiyalardan farqli jihatlari, xususan, real aktivlar bilanbogʻliqligi, foyda va riskni taqsimlashga asoslanishi, foiz taqiqi bilan uygʻunligi hamda shariat talablariga moshuquqiy tabiatiga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, sukukning dastlabki tarixiy ildizlari klassik islom savdova muomala amaliyotlari bilan bogʻliqligi, keyinchalik esa zamonaviy moliya tizimi ehtiyojlari taʼsirida u mustaqil investitsion vosita sifatida shakllanganligi yoritiladi. Annotatsiyada sukukning tarixiy-evolyutsion rivojlanishbosqichlari ketma-ketlikda ochib berilib, uning dastlabki nazariy qarashlardan tortib, bugungi kunda xalqaromoliya bozorlarida qoʻllanilayotgan murakkab emissiya mexanizmlarigacha boʻlgan taraqqiyot yoʻli baholanadi.Bundan tashqari, sukukning zamonaviy kapital bozoridagi iqtisodiy va huquqiy ahamiyati, ayniqsa uzoq muddatliinvestitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirish, moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirishhamda muqobil investitsiya instrumentlari qatorini boyitishdagi roli ochib beriladi. Tadqiqotda sukukning xalqaromoliya tizimida tobora keng qoʻllanilayotgani, uning nafaqat islomiy mamlakatlar, balki gʻarb davlatlari kapitalbozorlarida ham barqaror instrument sifatida namoyon boʻlayotgani qayd etiladi. Shu asosda maqolada sukukningnazariy mohiyati, tarixiy taraqqiyoti va amaliy qoʻllanilishi oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik yoritilib, uning zamonaviykapital bozoridagi oʻrni kompleks baholanadi. Mazkur tadqiqot sukukni huquqiy va iqtisodiy nuqtai nazardanchuqurroq anglashga, shuningdek, uni milliy qonunchilik va kapital bozori amaliyotiga joriy etish istiqbollarinibelgilashga xizmat qiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

sukukning uning tarixiy kapital bozoridagi

Related Articles