Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada Abya Yala (zamonaviy ilmiy diskursda “Lotin Amerikasi”ni nazarda tutuvchitermin) davlatlari nomlarining etimologik kelib chiqishi lingvistik va siyosiy nuqtai nazardan kompleks tahlilqilinadi. “Abya Yala” termini Panama hududida yashovchi guna xalqi tilidan olingan boʻlib, “abadiy yashovchi yer”“serhosil, hayot manbai boʻlgan hudud” maʼnolarini anglatadi va u kolonial nomlash anʼanalariga zid dekolonial konsept sifatida qoʻllanilmoqda. Shu bois maqolada mazkur atama nafaqat geografik belgi, balki epistemologik valingvopolitik kategoriya sifatida talqin etiladi.Tadqiqotning dolzarbligi toponimlarning oddiy nominativ birlik emas, balki tarixiy xotira, milliy-madaniy oʻzlikhamda siyosiy hokimiyat diskursini ifodalovchi koʻp qatlamli semiotik tizim ekanligi bilan izohlanadi. MaqoladaArgentina, Peru, Chili, Nikaragua, Paragvay, Urugvay, Meksika, Panama, Gvatemala va Braziliya kabi davlatlarnomlari misolida lingvistik transformatsiya, tillararo aloqalar hamda kolonial va postkolonial nomlashstrategiyalari tahlil qilinadi.Tahlillar natijasida aniqlanishicha, ushbu toponimlar mahalliy (hindu) tillar va Yevropa tillari oʻrtasidagimurakkab oʻzaro taʼsir mahsuli boʻlib, ular orqali siyosiy hukmronlik, madaniy ustunlik va milliy oʻzlikni qaytatalqin qilish mexanizmlari ifodalangan. Shu nuqtai nazardan, Abya Yala konsepti toponimik tadqiqotlarnidekolonial paradigma asosida qayta koʻrib chiqish, til va hokimiyat oʻrtasidagi munosabatlarni yangicha talqinetish imkonini beradi.</jats:p>

Show More

Keywords

abya yala siyosiy mazkur maqolada

Related Articles