Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada iqtisodiy ratsionalizm tushunchasining falsafiy mohiyati, uning tarixiy evolyutsiyasi va nazariy chegaralari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot iqtisodiy ratsionalizmni nafaqat iqtisodiy model, balki inson mohiyatini talqin qiluvchi falsafiy paradigma sifatida koʻrib chiqadi. Neoklassik yondashuv doirasida shakllangan homo economicus modeli tanqidiy tahlil qilinib, uning ontologik va aksiologik cheklovlari ochib beriladi. Xususan, ratsional tanlov nazariyasining insonni ijtimoiy, madaniy va axloqiy kontekstdan ajratib talqin qilishi uning asosiy metodologik zaifligi sifatida asoslanadi. Shuningdek, maqolada iqtisodiy ratsionalizmning klassik davrdan boshlab zamonaviy xulq-atvor, institutsional va ekologik iqtisodiyot yondashuvlari orqali transformatsiyalanish jarayoni koʻrsatib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, iqtisodiy ratsionalizm iqtisodiy jarayonlarni tushuntirishda muhim analitik vosita boʻlsa-da, uning universalligi cheklangan boʻlib, u inson qadriyatlari va ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini toʻliq qamrab olmaydi. Shu asosda iqtisodiy tafakkurni kontekstual, ya’ni ijtimoiy va ekologik omillar bilan integratsiyalash zarurligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.</jats:p>

Show More

Keywords

iqtisodiy uning beriladi ijtimoiy maqolada

Related Articles