Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida aholi bandligini ta’minlashda kichik tadbirkorlikning oʻrni ekonometrik yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida vaqt qatorlari ma’lumotlari asosida ARIMA (Autoregressive Integrated Moving Average) modeli qoʻllanilib, kichik tadbirkorlik faoliyatining bandlik darajasiga ta’siri va uning dinamikasi baholangan. Tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, hududda kichik tadbirkorlik subyektlari sonining oʻsishi bandlik darajasining oshishiga ijobiy ta’sir koʻrsatmoqda.Shuningdek, model asosida kelgusi davr uchun prognoz koʻrsatkichlari ishlab chiqilib, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali hududiy bandlikni oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari hududiy iqtisodiy siyosatni shakllantirishda, ayniqsa bandlikni ta’minlash va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.</jats:p>