Abstract
<jats:p>Ushbu tadqiqotda X asr oxiri va XI asrning dastlabki yillarida Xorazm vohasida Ma’muniylar sulolasi boshqaruvi davrida yuzaga kelgan o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy muhit, el-ulusning yashash tarzi hamda ma’naviy-axloqiy qarashlari tahlil qilinadi. Ishning metodologik asosi sifatida qomusiy mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” fundamental asari hamda Xorazm Ma’mun akademiyasi namoyandalarining qoldirgan intellektual merosi xizmat qildi. Maqolada o‘sha davr ijtimoiy infratuzilmasi, xususan, poytaxt Gurganj shahrining urbanizatsiya madaniyati, savdo tarmoqlari, diniy va jamoat maskanlari o‘tmish sayyohlarining qaydlari asosida muvozanatli yoritilgan. Shuningdek, voha xalqining taqvimiy an’analari, turkiy vaqt o‘lchovlarining hayotga tatbiq etilishi, islomgacha bo‘lgan e’tiqodiy qatlamlarning saqlanishi hamda ularning yangi diniy qadriyatlar bilan sintezi tadqiq etilgan. “Dor-ul hikma” ilmiy markazining faoliyati mintaqada intellektual muloqot madaniyatini yuksaltirgani, Beruniy va Ibn Sino kabi siymolarning o‘zaro bahslari jamiyatning ma’naviy qiyofasini belgilagani asoslab berilgan.</jats:p>