Abstract
<jats:p>Maqolada Xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari diniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligi asosida etnomadaniy hodisa sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida tug‘ilish, beshik, sunnat, nikoh va motam marosimlarida saqlangan islomiy me’yorlar, qadimiy e’tiqod izlari, qarindoshlik aloqalari, mahalla instituti, oqsoqollar va kayvonilar ishtiroki, marosim ramzlari hamda xalqona estetik shakllar turadi. Xorazm vohasining tarixiy-madaniy o‘ziga xosligi, qadimiy diniy tasavvurlar va islomiy qadriyatlarning xalq turmushiga singishi oilaviy marosimlarda qatlamli ma’no tizimini yuzaga keltirgani asoslanadi.</jats:p>
Show More
Keywords
xorazm
oilaviy
diniy
islomiy
qadimiy