Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Maqolada Xorazm vohasidagi ziyoratgoh madaniyati tarixiy-etnografik va diniy-antropologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida muqaddas makonlar tizimining ikki asosiy qatlami turadi: islomiy tasavvuf, avliyo va qabr ziyorati bilan bog‘liq diniy an’ana hamda suv, daraxt, buloq, kasb-hunar homiylari, urug‘-jamoa xotirasi singari mahalliy e’tiqodiy qatlamlar. Xorazm materiallari ziyorat amaliyoti sof “kanonik” yoki sof “xalqona” hodisa emasligini, aksincha, diniy me’yor, ijtimoiy ehtiyoj, tarixiy xotira va muqaddas geografiya kesishgan nuqtada shakllangan murakkab tizim ekanini ko‘rsatadi. Pahlavon Mahmud, Said Olloquddin, Said ota, Hakim ota, Sulton Hubbi, Ambar-ona singari obrazlar va ular bilan bog‘liq qadamjolar islomiy muqaddaslik tilini mahalliy tasavvurlar bilan birlashtirib, voha aholisining kundalik diniy tajribasiga chuqur singib ketgan.</jats:p>

Show More

Keywords

bilan diniy xorazm muqaddas islomiy

Related Articles

PORE

About

Connect